«uzauto motors» tegli maqolalar


O‘zbekistonda Onix va Tracker uchun shartnoma berish vaqtincha to‘xtatildi
5 may 2023, 15:31

O‘zbekistonda Onix va Tracker uchun shartnoma berish vaqtincha to‘xtatildi

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uchun shartnomalar berishni ushbu modellarning konfiguratsiyasi yangilanishi munosabati bilan vaqtincha to‘xtatdi. Kompaniyaning bildirishicha, avtomobillar uchun “issiq” variantlar kutilmoqda.

UzAuto Motors`ning sof foydasi birinchi chorakda salkam 2 baravarga kamaydi
4 may 2023, 10:32

UzAuto Motors`ning sof foydasi birinchi chorakda salkam 2 baravarga kamaydi

UzAuto Motors 2023-yilning birinchi choragida 258,76 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi. Biroq bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 43,8 foizga kam.

UzAuto Motors Malibu XL narxlarini e’lon qildi
28 fevral 2023, 12:11

UzAuto Motors Malibu XL narxlarini e’lon qildi

UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Malibu XL sotuvi boshlangani haqida xabar berdi. Redline liniyasi uslubida ishlab chiqilgan avtomobillar 3 ta komplektatsiyada taqdim etilib, 334,8 mln so‘mdan 374,1 mln so‘mgacha (QQSsiz) sotiladi.

«Avtomobilga navbatlar yo‘q bo‘ladi, faqat ozgina sabr qiling» — «O‘zavtosanoat» rahbari
16 fevral 2023, 12:41

«Avtomobilga navbatlar yo‘q bo‘ladi, faqat ozgina sabr qiling» — «O‘zavtosanoat» rahbari

«O‘zavtosanoat» raisi Shavkat Umurzoqov avtomobilni navbatsiz olish uchun «shapka»ni qonuniylashtirishga qarshi ekanini ma’lum qildi. Uning fikricha, navbatlar muammosini faqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish bilan yengish mumkin. Kompaniya 2023 yilda yarim million avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

UzAuto Motors Tracker, Malibu va Equinox uchun shartnoma berishni qayta tikladi
26 yanvar 2023, 13:05

UzAuto Motors Tracker, Malibu va Equinox uchun shartnoma berishni qayta tikladi

UzAuto Motors 4 yanvar kuni avtomobillar uchun shartnoma tuzishni vaqtincha to‘xtatgandi. Xabar berilishicha, kompaniya Tracker, Malibu va Equinox uchun shartnoma berishni qayta tiklagan.

UzAuto Motors avtomobillar narxi pasayishini ma’lum qildi
17 yanvar 2023, 21:07

UzAuto Motors avtomobillar narxi pasayishini ma’lum qildi

UzAuto Motors QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushirilishi hisobiga xaridorlar uchun avtomobillar narxini pasaytirmoqda. Biroq avtomobil ishlab chiqaruvchisi shartnomalar berish qayta tiklanganidan keyin ehtimoliy narx oshishi borasida izoh bergani yo‘q.

UzAuto Motors: avtomobillar uchun shartnoma berish yana bir necha kunga to‘xtatildi
9 yanvar 2023, 13:01 4

UzAuto Motors: avtomobillar uchun shartnoma berish yana bir necha kunga to‘xtatildi

UzAuto Motors hisob dasturiy ta’minotini amalga oshirish munosabati bilan shartnoma tuzish, avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatgandi. Kompaniya jarayon 4−5 kundan ortiq davom etmasligini va’da qilgandi. Biroq 9 yanvar kuni jarayon yana uzaytirilgani ma’lum qilindi.

UzAuto Motors shartnoma tuzish va avtomobillar topshirishni vaqtincha to‘xtatdi
4 yanvar 2023, 14:59

UzAuto Motors shartnoma tuzish va avtomobillar topshirishni vaqtincha to‘xtatdi

UzAuto Motors hisob dasturiy ta’minotini amalga oshirish munosabati bilan shartnoma tuzish, avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi. Kompaniya jarayon 4−5 kundan ortiq davom etmasligini ma’lum qildi.

UzAuto Motors Damas va Labo avtomobillari uchun arizalarni qabul qilishni to‘xtatdi
16 dekabr 2022, 16:05

UzAuto Motors Damas va Labo avtomobillari uchun arizalarni qabul qilishni to‘xtatdi

Cobalt va Lacetti`dan keyin UzAuto Motors kompaniyasi Damas va Labo avtomobillari bo‘yicha shartnoma tuzishni to‘xtatdi. Ayni paytda xaridorlar uchun budjetli avtomobillardan faqat yetkazib berish muddati 2023 yil 31 dekabr bo‘lgan Onix mavjud.

UzAuto Motors Cobalt va Lacetti uchun arizalar qabul qilishni to‘xtatdi
12 dekabr 2022, 08:08

UzAuto Motors Cobalt va Lacetti uchun arizalar qabul qilishni to‘xtatdi

UzAuto Motors kompaniyasi Cobalt va Lacetti avtomobillari uchun shartnoma tuzishni to‘xtatdi. Shunday qilib, xaridorlar uchun hamyonbop modellardan faqat Onix qoldi.

UzAuto Motors Gentra ishlab chiqarishni to‘xtatib, Cadillac savdosini boshlashni rejalashtirmoqda
3 dekabr 2022, 19:41

UzAuto Motors Gentra ishlab chiqarishni to‘xtatib, Cadillac savdosini boshlashni rejalashtirmoqda

UzAuto Motors 2023 yil oxirida Chevrolet Gentra (Lacetti) modelini ishlab chiqarishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonda Cadillac rusumli avtomobillar hamda yangilangan Equinox va Traverse krossoverlari savdosini boshlashni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonda yangi Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi mumkin
2 dekabr 2022, 21:39

O‘zbekistonda yangi Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi mumkin

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt avtomobilining yangilangan prototipini O‘zbekistonga olib keldi. Ushbu versiya 2024 yildan ishlab chiqarilishi mumkin.

«Bozor ochilsa ham, bu UzAuto Motors yo‘qolib ketadi degani emas» — «O‘zavtosanoat» rahbarining birinchi o‘rinbosari
5 noyabr 2022, 00:05

«Bozor ochilsa ham, bu UzAuto Motors yo‘qolib ketadi degani emas» — «O‘zavtosanoat» rahbarining birinchi o‘rinbosari

«O‘zavtosanoat» rahbarining birinchi o‘rinbosari Azizbek Shukurov boj to‘lovlari pasayib, bozor «inomarka»lar uchun ochilgan taqdirda ham UzAuto Motors «yo‘qolib ketmaydi», degan fikrda. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi 95 foizlik ulushni saqlab qolishning imkoni bo‘lmas, ammo ulushda keskin pasayish kuzatilmaydi.

Onix savdosining birinchi kunida 28 mingdan ortiq shartnoma imzolandi
2 noyabr 2022, 11:00

Onix savdosining birinchi kunida 28 mingdan ortiq shartnoma imzolandi

Chevrolet Onix avtomobili sotuvi boshlangan kuni 28 mingdan ortiq mijoz uni xarid qilish uchun shartnoma imzoladi (umumiy tuzilgan shartnomalar soni 30 mingta yaqin). Biroq, avtomobil «Uzavto Motors» vakili 2021 yilda aytganidek, 9−12 ming dollar emas, balki 13−16 ming dollar atrofida sotilmoqda.

UzAuto Motors 2023 yilda yarim million avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
26 oktabr 2022, 21:51

UzAuto Motors 2023 yilda yarim million avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

UzAuto Motors 2023 yildayoq 500 mingta avtomobil ishlab chiqarish, istiqbolda esa bu ko‘rsatkichni 1 milliontaga yetkazishni rejalashtirmoqda. «O‘zavtosanoat», UzAuto Motors va General Motors o‘rtasida ishlab chiqarishni kengaytirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

UzAuto Motors aksiyalarini birjaga joylashtirishni boshlashini ma’lum qildi
7 oktabr 2022, 21:40

UzAuto Motors aksiyalarini birjaga joylashtirishni boshlashini ma’lum qildi

UzAuto Motors jismoniy va yuridik shaxslar sotib olishi mumkin bo‘lgan aksiyalarini birjaga joylashtirish boshlanganini ma’lum qildi. Bu O‘zbekistondagi yirik davlat kompaniyalarini amalga oshirgan ilk IPO bo‘ladi.

UzAuto Motors Angrenda to‘planib qolgan Spark`lar bo‘yicha munosabat bildirdi
24 avgust 2022, 09:41

UzAuto Motors Angrenda to‘planib qolgan Spark`lar bo‘yicha munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahrida yuzlab Spark`lar yig‘ilib turgani aks etgan suratlar tarqaldi. Bu bo‘yicha UzAuto Motors munosabat bildirib, suratdagi avtomobillar «mijozlarga yetkazib berish uchun Angren shahriga yetkazilganini» ma’lum qildi.

Uzauto Motors aksiyalari fond bozorida listingdan o‘tdi
9 avgust 2022, 10:28

Uzauto Motors aksiyalari fond bozorida listingdan o‘tdi

Uzauto Motors oddiy aksiyalari «Toshkent» fond birjasining kotirovkalash varag‘iga kiritildi. Kompaniya aksiyalarini fond bozorida keng ommaga taklif etish jarayonlari 2022 yilning IV choragidan boshlanadi.

O‘zbekiston MDHda yengil avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchiga aylandi
8 avgust 2022, 17:40

O‘zbekiston MDHda yengil avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchiga aylandi

Ukrainadagi mojarolar ortidan sanksiyalar ostida qolgan Rossiyada yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi yil boshidan beri keskin tushib ketdi. Buning natijasida O‘zbekiston mashina ishlab chiqarishda MDH mamlakatlari orasida yetakchiga aylandi, deya qayd etdi «PromReyting» tadqiqotchilari.

Tracker-2 va Onix uchun shartnoma tuzishni avgust va oktabrdan boshlash rejalashtirilmoqda
26 iyul 2022, 18:47

Tracker-2 va Onix uchun shartnoma tuzishni avgust va oktabrdan boshlash rejalashtirilmoqda

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker-2 uchun shartnoma tuzishni avgustdan, Onix uchun esa oktabrdan boshlashni rejalashtirmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting